2015-yilning 3-iyun kuni O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari boshqaruv a’zolari ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga oid amaliy masalalarni ko‘rib chiqdi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Tashqi ishlar vazirlari kengashi ShHTning iyun oyida Ufa shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha qarorlar qabul qildi.
Izoh (0)