BMTning Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB)ning mintaqaviy idorasi delegatsiyasi uning rahbari Marsel Vassen boshchiligida O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi va bundan keyingi hamkorlikning bosh yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.
Marsel Vassen so‘zlariga ko‘ra, missiyaning asosiy maqsadi — “Favqulodda vaziyatlarga javob ko‘rsatish masalalarida salohiyatni oshirish” xalqaro seminarida ishtirok etishdir.
Izoh (0)