Rossiyalik avangardchi rassom Pavel Kuznetsovning “Sharq shahri. Buxoro” kartinasi 2-iyun kuni Londondagi Sotheby’s auksion uyida sotuvga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “Vostochniy ekspress”. U 3,6 million dollarga sotildi.
Nashr yozishicha, Pavel Kuznetsovning ushbu asari kimoshdi savdosigacha ham qimmatbaho lotlardan biri sifatida e’tirof etilgan. “Sharq shahri. Buxoro” rassomning asosiy asarlaridan biri hisoblanadi. 1900-yillarda u ramziylik (simvolizm) uslubidan ko‘ngli qolgach, Sharq mavzusiga murojaat qilgan.
Izoh (0)