Checheniston rahbari Ramzan Qodirov otasi — Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmadhoji Qodirovning ustozi o‘zbekistonlik Abdulqahhor G‘afforovni Chechenistonga taklif qildi. Bu haqda Qodirov o‘z Facebook’ida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, otasi 1981-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga kirganida G‘afforov u yerda direktor bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Ahmadhoji Qodirov 1983-yilda Al Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga kirgan yili G‘afforov ham u yerga rektorlikka tayinlangan.
“Shu tariqa otamning butun o‘qish yillari davomida G‘afforov unga ustozlik qilgan. Bir piyola choy ustida o‘sha davrlarni xotirladik”, — deb yozdi Qodirov.
Izoh (0)