Toshkent hayvonot bog‘idagi qumoylar oilasida yangi ikki polapon tuxumdan chiqdi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Anons.uz.
Qushchalar kundan kunga kuchga to‘lmoqda va tez-tez indan tashqariga chiqmoqda. Hayvonot bog‘ining boshqa qanotlilari –ukki, oq va qora laylaklar, muqaddas ibislar va boshqalar ham polaponli bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda hayvonot bog‘i ma’muriyati lan (bug‘ularga mansub juft tuyoqli jonivor) va xoldor bug‘ularning ko‘payishini kutmoqda.
Qumoy – qirg‘iylar oilasiga mansub yirtqich qush bo‘lib, yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan tog‘ va tekisliklarda yashaydi. Qumoylarning jo‘jalari 3-4 oylik bo‘lganida uchishni boshlaydi, tuxumdan chiqqanidan 6 oy o‘tib esa to‘liq mustaqil holatga keladi.
Izoh (0)