Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘z kasalliklari shifoxonasida bemorlarni davolash imkoniyati yanada kengaydi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Gap shundaki, muassasaga xorijdan qiymati 500 million so‘mlik zamonaviy operatsiya mikroskopi keltirilgach, ana shunday qulaylik yaratildi.
— Ushbu uskuna ishimizni ancha yengillashtirdi, — deydi muassasa rahbari Galimjon Kulimbayev. — Xususan, jarrohlik amaliyotini bir vaqtning o‘zida ikki mutaxassis kuzatib borishi mumkin. Bundan tashqari, barcha jarayon videotasmaga yozib olinadi. Bu esa amaliyotni keyinchalik ham tahlil qilish imkonini beradi.
E’tiborlisi, hademay shifoxonaga 210 million so‘mlik lazerli uskuna ham keltiriladi. U ko‘z tomirlarini davolashda qo‘llaniladi.
Izoh (0)