4-iyun kuni Pokiston shimolidagi Xuzdar okrugida kuchli jala oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida kamida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Suv toshqini yuvib ketgan transport vositasida taxminan 20 kishi bo‘lgan.
Mahalliy ma’muriyat va Pokiston chegara korpusi qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Mamlakat bosh vaziri Navaz Sharif odamlarning halok bo‘lishi yuzasidan hamdardlik bildirdi va mahalliy hukumat vakillariga yordam qilish operatsiyalarini jadallashtirishga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)