AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlet 18—19-may kunlari O‘zbekistondagi ikkinchi eng yirik shahar — Samarqandga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Tashrif doirasida Pamela Spratlen Samarqand davlat universitetiga borib, rektor Olimjon Xolmuhammedov bilan uchrashdi. Shuningdek universitetning iqtidorli magistrlari va doktorantlari bilan seminar o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida AQSh universitetlari bilan bo‘lajak hamkorlik va ingliz tilini o‘qitish uslublarini yaxshilash mavzulari muhokama qilindi.
So‘ng Pamela Spratlen Samarqand qishloq xo‘jalik institutida laboratoriya va veterinariya o‘quv markazi ochilishida ishtirok etdi.
Tashrif davomida elchi Samarqand tarixiga bag‘ishlangan “Afrosiyob” muzeyini ham borib ko‘rdi.
Izoh (0)