2015-yilning 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar Vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘llari va mexanizmlari muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan o‘zaro manfaat kasb etgan O‘zbekiston—Turkmaniston aloqalarini mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat TIV rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Muzokaralarda Turkmaniston Elchisi Shiri Shiriyev ham ishtirok etdi.
Izoh (0)