Qatnov yo‘llari vaziri o‘rinbosari Uldis Reymanis rahbarligidagi Latviya delegatsiyasi 1-iyun kuni O‘zbekistonga yetib keldi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Delegatsiya tarkibiga transport va logistika sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar vakillari kirdi.
1-iyun kuni “TexnoPlaza” biznes-markazida Latviya delegatsiyasi va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2-iyunda delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi, ertasi kuni esa transport va logistika bo‘yicha “O‘zbekiston — Latviya — YeI mamlakatlari: yangi imkoniyatlar va istiqbollar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.
Izoh (0)