O‘zbekiston va Eron ishbilarmon doiralari Toshkentda muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Muzokaralarda tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, investitsiyalar, neft va gaz, kimyo, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va logistika sohalariga mas’ul ikki mamlakat vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish masalalari borasida fikr almashishdi va mahsulot ayirboshlashni, qo‘shma korxonalar soni va mahsulotlar assortimentini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida Eron delegatsiyasiga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial hududlarida investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida axborot olishdi.
Izoh (0)