O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Biz baxtli bolalarmiz” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar qiladi O’zA.
Ko‘rgazmada “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi a’zolarining ishlari namoyish etilmoqda. T.Zokirov, A.Bo‘tayeva, S.Yusupova, Sh.Husanboyev, A.Oxunjonov va boshqalarning asarlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yosh musavvirlar asarlarida O’zbekistonning qadimiy shaharlari, me’moriy obidalar, betakror tabiati manzaralari, tabarruk nuroniylar aks ettirilgan.
– Ko‘rgazmada o‘zbek xalq ertaklari asosida chizgan rasmlarim bilan ishtirok etmoqdaman, – deydi Marjona Kalonova. – Ertaklar bolalarni hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Rasmlarimda ham buni ifodalashga harakat qildim.
Tanlovda eng yaxshi ijodiy ishlari uchun bir qator yosh musavvirlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)