Qozog‘istonning Kostanay shahrida istiqomat qiluvchi 9-sinf o‘quvchisi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, 17-maktabga bomba o‘rnatilgani haqida xabar bergan. Nur.kz’ning xabar berishicha, o‘quvchi shu yo‘l bilan imtihonlarni yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lgan.
Hodisa 1-iyun, dushanba kuni yuz bergan. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng maktabdan 80 kishi evakuatsiya qilingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlangan.
Politsiya Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Terrorchilik harakati haqida qasddan yolg‘on xabar berish”) bo‘yicha jinoyat ish ochgan, yolg‘on xabar bergan o‘quvchi hibsga olingan.
Hozirgi vaqtda tergov-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Izoh (0)