Ispaniya Kubogi uchun kechgan hal qiluvchi uchrashuda “Barselona” “Atletik” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar qiladi “Arena.uz”.
Kataloniyaliklar safida Messi dublga erishgan bo‘lsa, Neymar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bu “ko‘k-anorranglilar” uchun turnir tarixidagi 27-muvaffaqiyat bo‘ldi.
Shu tariqa, “Barselona” oltinchi bor bir mavsumda ham chempionat, ham Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritib, bu borada rekordchiga aylandi.
Ispaniya Kubogi. Final
ATLETIK – BARSELONA 1:3 (0:2)31-may, 00.30, “Kamp Nou”Gollar: 0:1 – 20 Messi, 0:2 – 36 Neymar, 0:3 – 74 Messi, 1:3 – 79 Uilyams.“Atletik” – Errerin, Echeyta, San Xose, Laport, Iraola (Susayeta, 58), Benyat (Gomes, 75), Riko (Iturraspe, 74), Bustinsa, Balensiaga, Uilyams, Aduris.“Barselona” – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba (Matyo, 77), Inyesta (Xavi, 56), Maskerano, Rakitich, Neymar, Messi, Suares (Pedro, 78).Ogohlantirishlar: Pike (42), Iraola (43), Balensiaga (58), Uilyams (67), Iturraspe (87), Neymar (88), Buskets (90).
Izoh (0)