Fransiyaning “PSJ” futbol klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy, zarurat tug‘ilsa, Ispaniyaning “Barselona” va “Real” klublari yulduzlari – Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni sotib olishga qurbi yetishini ma’lum qildi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“Messi va Ronalduni sotib olishga bemalol qurbimiz yetadi. Bu fakt. Bizning klubda hamma narsaning imkoni bor”, - dedi klub prezidenti.
“Albatta, bosh maqsadimiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Hozircha buni uddalay olmayapmiz. Ammo so‘nggi uch yil davomida muntazam ravishda chorak finalgacha yetib kelyapmiz”, - deya qo‘shimcha qildi Nosir al-Xelayfiy.
Izoh (0)