O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamkorligida “Soliq bilimdonlari – 2015” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi, deb xabar qiladi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot xizmati.
Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining “O‘zbekiston yoshlari”, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Soliq xizmati-farovonlik ziynati”, Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi”, Soliq akademiyasining “Intellektual yoshlar”, Toshkent moliya institutining “Soliq bilimdonlari”, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining “Afrosiyob”, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Dizayn”, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Tadbirkor irrigator” jamoalari o‘zlarining soliq haqidagi bilimlarini, turli sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar, savol-javoblar orqali namoyish etdi.
Jamoalarning bilimlari 5 ta shart bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Soliq akademiyasining “Intellektual yoshlar” jamoasi ikkinchi va Toshkent moliya institutining “Soliq bilimdonlari” jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)