Ayni daqiqalarda Syurixda davom etayotgan FIFA kongressida bomba portlashi xavfi uyg‘ondi, deb xabar qiladi “Championat.com” Shveysariya politsiyasiga tayanib.
Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11 da huquq-tartibot organlariga shunday xabar kelib tushgan. Hozircha majlis ishi davom etish-etmasligi noma’lum.
29-may, juma kuni Syurixda FIFAning yangi prezidenti saylanishi kerak. Kongress vaqtida Falastin bayrog‘ini ko‘targan ikki ayol paydo bo‘ldi va bir qancha muddatga majlisni to‘xtatib qo‘ydi. Ayollar tartib saqlash xodimlari tomonidan zaldan olib chiqib ketildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kongressda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev va tashkilotning matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev ham ishtirok etmoqda.
Izoh (0)