28-may kuni Syurixda FIFAning navbatdagi — 65-kongressi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Marosimni FIFA prezidenti – Yozef Blatter o‘z nutqi bilan ochib berdi.
So‘ngra Syurix shahri hokimiyati vakili Filipp Leuteneger, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham nutq so‘zladi.
FIFA kongressi a’zolari FIFA qonun chiqaruvchi oliy organi bilan 29-may kuni Syurixdagi Hallenstadion’da uchrashadi va o‘z ishini boshlaydi. Kongress kun tartibidagi asosiy masala — FIFA prezidentligiga nomzodlardan birini saylashdan iborat.
Ma’lumot uchun, FIFA prezidenti lavozimiga ikkita nomzod bo‘lib, ulardan biri amaldagi FIFA prezidenti Yozef Blatter, ikkinchisi esa iordaniyalik shahzoda Ali bin Husayn hisoblanadi.
FIFAning ushbu Kongressida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev ham ishtirok etmoqda. Unga O‘FF matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev hamrohlik qilmoqda.
Izoh (0)