“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishga tayyor, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Ispaniya nashrlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi a’zosining kayfiyatiga ko‘p narsalar ta’sir qilgan. Xususan, klub rahbariyati tomonidan Anchelottining iste’foga chiqarib yuborilgani unga ma’qul kelmagan.
Bundan tashqari, klub prezidenti Florentino Peres aksariyat muhim masalalarda yarim himoyachi Garet Beylni birinchi o‘ringa olib chiqishga urinayotgani ham Ronalduga yoqmayapti. Qo‘shimchasiga, “Real”ning bo‘lajak murabbiyi deb taxmin qilinayotgan Rafael Benites bilan futbolchining birga ishlash niyati yo‘q.
Ronalduning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchiga “PSJ” qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)