AQSH hukumati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)dagi korrupsiya ishi tergovi munosabati bilan 47 punkt bo‘yia ayblovni ilgari surdi, deya xabar bermoqda Meduza.io.
Jinoyat ishi bo‘yicha jami 14 kishi, jumladan, FIFAning to‘qqiz xodimi tergov qilinmoqda. Ilgari surilgan ayblovlar orasida tovlamachilik, pora olish va pul yuvish kabi jinoyatlar bor. Gumonlanuvchilarning olti nafari o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olgan.
AQSH Adliya vazirligi bayonotida qayd etilishicha, 24 yildan beri amalda bo‘lgan “xalqaro futbolda korrupsiya yo‘li bilan boyish sxemasi” fosh etilgan.
Jinoyatda gumon qilinayotganlar orasida Shimoliy va Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti, FIFA vitse-prezidenti Jeffri Uebb, undan avval ushbu lavozimlarda ish olib borgan Jek Uorner kabilar bor.
Jinoyat ishi materiallarida umumiy hisobda 150 million dollar atrofidagi poralar haqida so‘z boradi.
Izoh (0)