Seulda 26-may, seshanba kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.
Forumda ikki mamlakatning 200dan ortiq ishbilarmonlari va yuqori martabali amaldorlari, xususan, Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari Choy Gyun Xvan va O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov ishtirok etdi.
Choy Gyun Xvan neft va gaz, kimyo, tibbiyot, axborot aloqasi va texnologiyalari, suv resurslarini boshqarish hamda milliy mudofaa sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish mumkinligini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, oziq-ovqat, qurilish materiallari va elektronika sohalaridagi hamkorlik borasida ham yaxshi salohiyat bor.
Biznes-forum yakunlariga ko‘ra hamkorlikdagi beshta loyiha bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Qayd etish joiz, mazkur biznes-forum O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning joriy hafta Janubiy Koreyaga amalga oshiradigan tashrifi arafasida tashkil etildi.
Izoh (0)