O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 21-may kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi uchta qonunni imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Xususan, O‘zbekiston davlat rahbari “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.
Bundan tashqari, Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlarni ham imzoladi.
Har uchala hujjat 2014-yil 11-noyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabida imzolangan edi. Qonunlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-aprelida qabul qilingan va 2015-yil 15-mayida Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan edi.
Izoh (0)