O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 25-may kuni “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari bo‘lib o‘tdi va so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-2015 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining 9-sinfini 483 ming nafar o‘quvchi tamomlamoqda.
Qayd etishlaricha, maktab bitiruvchilarining 91 foizi yoki 441 ming nafari ta’limni kasb-hunar kollejlarida, 42 ming nafari esa akademik litseylarda davom ettiradi.
Izoh (0)