Yaponiyaga yo‘l olgan polshalik velosipedchi sayyohlar O‘zbekistonga keldi. Yo‘l davomida ular Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududidan o‘tdi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Polsha Respublikasi elchixonasi konsullik bo‘limi rahbari Vlademar Kovalski nashrga bergan intervyusida O‘zbekistonga skaut, boy-skaut va sayyohlardan iborat “Velosipedli Jambori” loyihasining 8 ishtirokchisi tashrif buyurganligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, velosipedchilar bu yil yozda butunjahon skautlar yig‘ini bo‘lib o‘tadigan Yaponiya tomon yo‘l olmoqda. O‘z navbatida diplomat O‘zbekiston hududida sayyohlarga ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
Velosipedchilar O‘zbekiston haqidagi taassurotlarini o‘zlarining rasmiy veb-sayti (www.rowerowejamboree.pl) sahifalarida o‘rtoqlashdi. Unda O‘zbekistonning betakror tarixiy obidalari hamda samimiy va mehmondo‘st o‘zbek xalqidan bahramand bo‘lganliklari haqida aytib o‘tilgan.
Izoh (0)