Navoiylik erkak o‘ziga tegishli “Moskvich-412” rusumli avtomashinasini har doim uyi oldida ochiq qoldirardi. Bu g‘araz niyatda bo‘lgan kimsaga qo‘l keldi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
U qulay fursat topib, mashinani olib qochdi. Lekin o‘ylagan niyatiga yetolmay yarim yo‘lga yetmasdan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. Avtomashina esa egasiga soz holatda qaytarildi.
Hozirda mashina o‘g‘risining ishiga tergov jarayonida oydinlik kiritilmoqda.
Izoh (0)