Polshalik muhandis Kshishtof Kotala Dubayda — Fors ko‘rfazida suvosti tennis korti qurilishi konsepsiyasini taklif qildi, deb yozadi “Novate.ru”.
Kotala homiylar qidirmoqda, ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun global muhandislik masalalari hal etilishi lozim. Tennis kortlarining standart gumbazlari taxminan 10 metr bo‘lsa, suvosti loyihasida bu ko‘rsatkich 33 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday hajmdagi qayrilma konstruksiyalar qurilishida nanosement va uglerod shishasi qo‘llaniladi.
Ushbu obyekt qurilishiga ketadigan mablag‘ bu yerda sport tadbirlari o‘tkazilishi va homiylar hisobidan tezda qoplanib ketishi taxmin qilinmoqda. Loyiha mualliflari fikricha, dastlabki vaqtlarda eng yaxshi joylar uchun chiptalar bir necha o‘n ming dollardan sotilishi mumkin.
Izoh (0)