AQSH birinchi xonimi Mishel Obama o‘zining fitnes-mashg‘ulotlaridan birini jamoatchilik e’tiboriga havola qildi. People’ning xabar berishicha, tegishli videorolik Oq uyning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan.
People’ning bayon etishicha, Mishel o‘zi 2015-yilda boshlagan #GimmeFive kampaniyasi doirasida jismoniy holatini namoyish etgan. Ushbu targ‘ibot aksiyasi davomida qatnashchilar sog‘lom turmush tarzi olib borishning besh yo‘lini o‘ylab topishlari va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishlari kerak.
https://youtu.be/AId-rpiZtoU
Mishel Obamaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z turmush o‘rtog‘i – Barak Obamaning #GimmeFive doirasida e’lon qilgan videorolikka javoban o‘z mashg‘ulotlaridan namunalarni jamoatchilik e’tiboriga havola etgan.
Bu AQSH birinchi xonimining sog‘lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan ilk sa’y-harakatlari emas. Masalan, u 2010-yildan beri maktablarda sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib etib keladi. Uning tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ratsionida meva-sabzavotlar, shuningdek, oqsilga boy yeguliklar bo‘lishini nazarda tutuvchi dastur qabul qilingan.
Izoh (0)