Yaponiyaning Fukuoka shahrilik fermer dunyoda eng og‘ir qulupnayni yetishtirib, Ginnesning Rekordlar kitobiga kirdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Koji Nakao hosilni yig‘ib olish chog‘ida kutilmaganda ulkan mevaga ko‘zi tushdi. Mega-qulupnayning bo‘yi 8, eni 12 santimetrga yetsa, aylanasi 25—30 santimetrga teng keladi. U 250 gramm tosh bosdi.
Mevaning o‘lchamlarini olgach, Nakao darhol Ginnesning Rekordlar kitobi qo‘mitasi bilan bog‘landi. Rekord qayd etilgach, fermerning qizi qulupnayni yeb ko‘rdi va uning juda mazali ekanligini aytdi.
Nakaoning qulupnayi 30 yildan oshiq vaqt davomida saqlanib turgan rekordni yangiladi — bungacha 1983-yilda Buyuk Britaniyada o‘stirilgan 231 grammlik meva eng og‘ir deb hisoblanar edi.
Izoh (0)