Aytishlaricha, Yer yuzidagi har bir insonning qayerdadir qiyofadoshi bor ekan. Lekin ba’zi zamonaviy yulduzlar o‘tmishdagi mashhurlarning egizaklariga o‘xshashi har qanday kishini hayratda qoldiradi.
Zak Efron va Leonard Uayting
Nima uchun o‘z vaqtida Efronga Romeo rolini o‘ynashni taklif qilishmagan ekan. Axir u Franco Zeffirelli filmida aynan shu rol bilan mashhur bo‘lgan britaniyalik aktyor Leonard Uaytingning aynan o‘zi-ku.
Keyt Mara va Ketrin Ross
Keyt tug‘ilganida Ketrin 43 yoshga kirgandi. Biroq ularning bir xil yoshdagi suratlariga nazar solsangiz, bu ayollar opa-singil bo‘lishi mumkin, degan o‘yga borasiz.
Lili Kollinz va Odri Xepbern
“Tiffanidagi nonushta” filmining qayta ishlangan remeyki haqida nima deysiz? Aktrisa ham tayyor.
Bleyk Layvli va Mari Bleyk
1930-yillardagi Gollivud yulduzi Layvli tug‘ilishidan deyarli 10 yil oldin vafot etgan, biroq ularni nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki Bleyk ismi ham bog‘lab turadi. To‘g‘ri, Layvli bu ismni tug‘ilganida olgan bo‘lsa, Mari esa taxalluslaridan biri sifatida Bleyk familiyasini tanlagan.
Enn Xeteuey va Pyer Anjeli
Qo‘ng‘ir ko‘zlar, ozgina ko‘tarilgan qosh va to‘la lablar — o‘xshash belgilar yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Vensan Kassel va Fred Aster
Vensan ham raqs tushishni shunchalik yaxshi biladimi-yo‘qmi, shuni aniqlash qoldi.
Riz Uizerspun va Sibill Shepard
Aktrisalarni chiroyli tashqi ko‘rinishdan tashqari, yana bir narsa bog‘laydi: ikkalasi ham modellik bilan faoliyatini boshlagan. Sibill 16 yoshida Memfisni “Miss Teenage America” tanlovida taqdim etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, Riz esa yetti yoshida gul do‘konining reklamasida suratga tushgan.
Yeva Longoriya va Rita Moreno
Ikkala yulduz ham Gollivudda Lotin Amerikasi aktrisalarining taqdimotiga sezilarli hissa qo‘shdi. Rita Puerto-Rikoda tug‘ilgan bo‘lsa, Yeva meksikalik ildizlarga ega.
Izoh (0)