O‘zbekistonda HTC Desire 820 smartfoni savdolari boshlandi. Mobinfo.uz’ning xabar berishicha, qurilmaning xalqaro taqdimoti o‘tgan yili Berlinda o‘tkazilgan IFA ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan edi.
Hajmining yetarli darajada kattaligi va texnik ko‘rsatkichlari chakki emasligiga qaramay, ishlab chiqaruvchi ushbu smartfonni narxi o‘rtacha qurilmalar turkumiga kiritadi. Desire 820’ning dizayni ko‘p jihatlari bilan HTC Desire 816’ni yodga soladi.
Desire 820 5,5 dyuymli, ajrata olishi 1280x720 piksel bo‘lgan Super LCD 3 displey, 8 yadroli, ikki klasterga ajratilgan Qualcomm Snapdragon 615 chipi, 2 gigabayt operativ xotira, 8 megapikelli frontal kamera, 802.11n protokoli asosida ishlaydigan Qualcomm MDM9x25 modemi bilan ta’minlangan.
HTC Desire 820 smartfoni akkumlyatorining sig‘imi 2600 mA•s ni tashkil etadi. Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) texnobozorida qurilma 1,7 million so‘mdan sotilmoqda.
Izoh (0)