Artel kompaniyasi Intel korporatsiyasining protsessorlari va texnologik platformalari bazasida O‘zbekistonda smartfonlar va planshetlar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Infocom.uz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 18-may kuni Toshkentda Intel’ning yangi – SoFIA (Smart-or Feature-phone on IA, Intel arxitekturasi bazasidagi smartfon) platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu platforma protsessor va mobil aloqa modemini o‘zida jam qilgan.
Intel’ning strategik muhim mahsulotlaridan biri hisoblangan SoFIA boshlang‘ich va o‘rta bosqichdagi planshetlar, tashuvchi texnologiyalar negizidagi qurilmalar va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga mo‘ljallangan.
Izoh (0)