R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litseyning 3-sinfida o‘quvchi skripkachi Asalxon Yusupova Italiyaning Barletta shahrida bo‘lib o‘tgan 25-xalqaro yosh musiqachilar tanlovida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “UZ24”.
Uning pedagogi Mashkura Mamedovaning ishi ham hay’at a’zolarining yuqori baholariga sazovor bo‘ldi, unga maxsus diplom va “Eng yaxshi maestro” mukofoti berildi.
Bu yil Barlettadagi tanlovda dunyoning 54 mamlakati vakillari ishtirok etdi. U har yili Barletta shahri meriyasi homiyligida “Madaniyat va musiqa” badiiy jamg‘armasi tomonidan o‘tkaziladi.
Izoh (0)