Bugun 68-Kann kinofestivali Fransiyada o‘z ishini boshlaydi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ochilish uchun bu yil Emmanuel Berkoning “Boshni tik ko‘tarib” filmi tanlandi, bu 1987-yildan buyon birinchi marta ochilishda namoyish etiladigan ayol kishi tomonidan olingan kartinadir.
Festivalning bosh tanlovida asosan erkak rejissorlar ishlari taqdim etilgan. Aktyorlik mukofotlariga da’vogarlar orasida esa Mettyu Makkonaxi, Maykl Fassbender va Jerar Depardye bor.
Izoh (0)