Futbol bo‘yicha JAR chempionatining so‘nggi turida “Chippa Yunayted” va “Kayzer Chifs” o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan keyin politsiyachi ishqibozni otib qo‘ydi, deb xabar qiladi “Newsru.com”.
Uchrashuv 9-may kuni Port-Elizabet shahrida bo‘lib o‘tdi va muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan “Kayzer Chifs”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. O‘yin tugashi bilan bir necha ming tomoshabin maydonga tushib ketdi.
Politsiya vakili Yoxan Rxiderning so‘zlariga ko‘ra, fanatlardan biri tartib posbonining to‘pponchasini olishga uringan. O‘rtada mushlashuv yuzaga kelgan va ishqibozning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘q uzilgan.
Ayni vaqtda fojia bilan yakunlangan bu ish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)