20—25-may kunlari Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi va Happy Caravan 2015 Xalqaro o‘smirlar musobaqasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati.
Jahon kubogi bosqichida Argentina, Ispaniya, Italiya, Qatar, Malayziya, Rossiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston kabi 20 davlatdan 100 ga yaqin gimnastikachilar bellashadi.
Jahon kubogi bosqichi doirasida yosh iste’dodlar o‘rtasida Happy Caravan an’anaviy xalqaro turniri ham bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston, Estoniya, Yaponiya, Malayziya, Qirg‘iziston, Rossiya, Moldova, Isroil va O‘zbekiston gimnastikachi qizlari qatnashadi.
Izoh (0)