5-may kuni Toshkentda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston Biznes Forumi — III faza” loyihasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil qilingan davra suhbati O‘zbekistonda inklyuziv loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlariga bag‘ishlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tadbirning bosh maqsadi kompaniyalarni qiymat hosil bo‘lishi zanjiriga kam ta’minlangan aholini kiritish imkoniyatini amalga oshirish va bunga erishish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga undashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda aytilishicha, inklyuziv bozorlarni rivojlantirish bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim yo‘nalishdir.
O‘zbekistonda muvaffaqiyatli inklyuziv biznes-modellarni keng joriy etish uchun zarur bo‘lgan manbalarga ega bo‘lish va bu boradagi to‘siqlarni yengib o‘tish yo‘llari muhokama qilindi.
Izoh (0)