Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 5-may, seshanba kuni vazirlar mahkamasiga “Fuqarolar uchun hukumat” korporatsiyasini tuzishni taklif qildi, deb yozadi “Newskaz.ru”.
“Davlat yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatishi kerak, shu maqsadda ‘Fuqarolar uchun hukumat’ deb nomlangan davlat korporatsiyasini tuzishni taklif qilaman, u davlat xizmatlarining yagona provayderiga aylanadi. Odamlarga ham bundan foyda bo‘ladi”, — dedi Nazarboyev kengaytirilgan hukumat majlisida.
Shuningdek, prezident mamlakatda shaffof ravishda hisob beruvchi davlat yaratilayotganini eslatib o‘tdi va qo‘lda nazorat qilishdan natijalarga ko‘ra nazorat qilish tizimiga o‘tish zaruratini ta’kidladi.
Izoh (0)