AQShning Merilend shtati Baltimor shahri meri shaharda ommaviy tartibsizliklar boshlanganidan olti kun o‘tib, komendantlik soatini bekor qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Mer Stefani Roulings-Bleyk bayonotida aniqlik kiritishicha, komendantlik soati unga ehtiyoj qolmaganida bekor qilinishi kerak.
Komendantlik soati Baltimorda 28-aprel kuni politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan afro-amerikalik Freddi Grey oilasini qo‘llab-quvvatlab tashkil qilingan va ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan namoyishlar tufayli joriy qilingan edi.
Yigitning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib olti politsiyachi hibsga olingach, keyinroq ular garov evaziga qo‘yib yuborilgan bo‘lsa ham, shahardagi vaziyat yaxshilandi.
Izoh (0)