AQShning Nebraska shtatida miyasi o‘lgan ayol farzandini dunyoga keltira olishi uchun ikki oy davomida hayotni ta’minlovchi qurilmaga ulab qo‘yildi, deb xabar beradi Mirror.
Ikkinchi bolasiga homilador 22 yoshli Karla Peres fevral oyida o‘z uyida kuchli qon ketishi natijasida o‘lim yoqasiga kelib qolgandi. Uning miyasi o‘lgan bo‘lsa-da, shifokorlar ayolga ulangan qurilmani 54 kun mobaynida o‘chirmadi.
Aprel oyida homilaning vaqt-soati yetganida, shifokorlar operatsiya orqali bolani ona qornidan chiqarib oldi. O‘g‘il tug‘ildi.
“Karlaning o‘limi – katta yo‘qotish, lekin u qoldirib ketgan meros ajoyib”, — dedi ayollar kasalxonasi vitse-prezidenti Syu Kort.
Shifokorlar onaning holati bolaning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar keltirib chiqarmaganini ta’kidlamoqda. Bolaning ahvoli barqaror deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)