20—25-aprel kunlari O‘zbekistonda 10-Yevropa immunizatsiya haftaligi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir Butunjahon immunizatsiya haftaligiga bag‘ishlangan. U “Immunizatsiyadagi muammolarni yo‘qotish” shiori ostida bo‘lib o‘tadi.
23-apreldan 1-mayga qadar respublikada “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida katta avlod vakillari uchun B virusli gepatitiga qarshi ommaviy ravishda immunizatsiya qilishning ikkinchi turi o‘tkaziladi. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida ba’zi sabablarga ko‘ra emlanmagan 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar poliomiyelit, qizamiq va qizilchaga qarshi emlanadi.
Izoh (0)