“O‘zbekenergo” DAK 2015-yilda sakkizta energetika obyektlarini ishga tushirmoqchi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston prezidentining “2015-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 26 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi va joriy yilda sakkizta energetika obyektlarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu loyihalar orasida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi (IES), Angren IES, Chorvoq IES, Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish, Samarqandda quyosh elektr stansiyasini qurish ishlari bor.
Izoh (0)