Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi ishtirokchisi Yunusobod bozoridagi ayrim sotuvchilar sotayotgan qirmizi kartoshkaning kelib chiqishi sirini fosh etdi.
“Bozorda aylanib yursam, sotuvchi kartoshkasini qirmizi lavlagi bilan artib o‘tiribdi. “Nima qilyapsiz, aka?”, - deb so‘rasam: “Qizil kartoshka qilyapman!”, - dedi”, - deb yozadi Facebook foydalanuvchisi.
Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, oddiy kartoshka bir siqim lavlagi yordami “qirmizi”ga aylantiriladi, qirmizi kartoshka esa oddiysidan ko‘ra qimmatroq sotiladi.
“Shunday ekan, qirmizi kartoshka sotib olayotganingizda barmog‘ingiz bilan – rang o‘tadimi-yo‘qmi, bilish uchun - yaxshilab artib ko‘ring”, - deyiladi Potrebiteli.uz saytida.
Izoh (0)