Misr sudi 2012-yil Port-Said shahrida bo‘lib o‘tgan futbol uchrashuvi vaqtidagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 11 kishiga o‘lim jazosini hukm qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yilda Misr chempionatining “Al Masriy” va “Al Ahliy” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ommaviy tartibsizlik kelib chiqqan edi. Pirotexnika vositalari va qo‘lbola qurollar ishatilgan janjalda 74 kishi halok bo‘lgan va 300 kishi jarohat olgan edi.
2013-yilda bu voqealarning 21 ishtirokchisi o‘limga hukm qilingani uchun norozilik namoyishi vaqtida politsiya bilan to‘qnashuv yuzaga kelgan va yana 22 kishi halok bo‘lgan. Ikkinchi to‘qnashuvdan so‘ng sud o‘lim jazosini bekor qilgan edi.
Ammo prokuratura 62 sudlanuvchining ishini takroran sudga berdi, uning natijalariga ko‘ra, 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Izoh (0)