“Ochiq Rossiya” jamoatchilik tashkilotining Moskva ofisidagi taftish Checheniston rahbari Ramzan Qodirov haqida film olinayotgani tufayli o‘tkazilmoqda. Bu haqda rossiyalik muxolifatchi Mixail Xodorkovskiy o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi “Liga.Novosti”.
“‘Ochiq Rossiya’dagi tintuvning asl sababi — Qodirovning hozirgi hukumat tizimida tutgan o‘rni haqidagi film syomkasi. Ochiq-oydin ko‘rinib turgan savol: hukumat kim?” — deb yozdi Xodorkovskiy.
“Ochiq Rossiya” xodimi Yegor Maksimov film haqiqatan ham suratga olinganini, biroq tintuv chog‘ida syomka va montaj kompyuterlarining barchasi musodara etilganini aytdi.
Izoh (0)