Shimoliy Yevropaning besh davlati — Shvetsiya, Norvegiya, Islandiya, Daniya va Finlyandiya mudofaa vazirlari Rossiyaga qarshi harakat qilish zarurati to‘g‘risida hamjihatlikdagi deklaratsiyani e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Ular Rossiyaning xatti-harakatlarini Yevropa xavfsizligi uchun eng katta xatar deb atadi.
Deklaratsiyada “Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi va Qrimning noqonuniy ravishda bosib olinishi” haqida aytiladi. “Ular siyosiy maqsadlariga erishish uchun harbiy kuchdan foydalanishga tayyorligini namoyish qildi”, — deya ta’kidladi vazirlar Rossiya hukumati siyosati haqida gapirar ekan.
Rossiyaga qarshi harakat qilish uchun deklaratsiya mualliflari birgalikda ko‘proq harbiy o‘quv mashqlari o‘tkazish, razvedka ma’lumotlari bilan faolroq bo‘lishish va kiberhujumga qarshi kurashda hamkorlik qilishni taklif etmoqda. Bayonotda, shuningdek Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish zarurati haqida aytiladi.
Izoh (0)