Eronning Qeshm Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A300 yo‘lovchi samolyoti dvigateli Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda portlab ketdi, deya xabar bermoqda Meduza. Samolyotning o‘ng dvigatelida u parvozga shaylanayotganida o‘t chiqdi.
Portlash natijasida samolyot shassisiga zarar yetdi, dvigatelning o‘zi esa yonib ketdi. Uchuvchi laynerni o‘z vaqtida to‘xtatishga ulgurdi. Bortdagilarning hech biriga shikast yetmadi.
Izoh (0)