AQSh yaqin vaqtlar ichida Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga o‘zining eng zamonaviy qurol-yarog‘ tizimlarini joylashtirmoqchi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter juma kuni janubiy koreyalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Bizning eng yangi namunalarimiz — eng yaxshilari, jumladan yangi stealth texnologiyasiga ega bombardimonchilar va yangi sinfdagi jangovar kemalar yaqin orada dunyoning ushbu qismiga joylashtiriladi”, — dedi Pentagon rahbari.
Muzokaralar chog‘ida mudofaa vazirlari ikki tomonlama ittifoqning joriy kuchini yuqori baholadi hamda kibermakon va koinotdagi xavfsizlik kabi yangi sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Izoh (0)