Fransiyaning Air France aviakompaniyasiga tegishli Tunisga yo‘l olgan yo‘lovchi layneri Parijning Ruassi-Sharl de Goll aeroportiga shoshilinch ravishda qo‘ndi, deya xabar bermoqda “TASS”. Avariyali ravishda qo‘nishga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Air France samolyoti Parij — Tunis yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan bo‘lgan. Havo kemasi ikkala poytaxt orasidagi masofaning deyarli uchdan bir qismini bosib o‘tib, Fransiyaning Lion va Klermon-Ferran shaharlari hududiga yetganida, uning bortidan trevoga signali kelib tushgan.
Nosozlikni aniqlagach, ekipaj komandiri shoshilinch ravishda qo‘nishga ruxsat so‘rashga qaror qildi. Aviakompaniyadagilar aytishicha, gap “ahamiyatsiz texnik muammo haqida bormoqda”. Jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.
Izoh (0)