Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xameneiy Saudiya Arabistoni Yamanda jinoyatkorona qilmishlarini bas qilishi kerakligini aytdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Agence France-Presse’ga tayanib.
Avvalroq Yamandagi xusiylar yetakchisi ham Saudiya Arabistoni aviazarbalarini jinoyat deb atagan edi.
Bundan tashqari, AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQSh Eronga Yamandagi harbiy nizoning borishiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 26-mart, payshanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni shia isyonchilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi, unda boshqa arab davlatlari ham qatnashmoqda.
Izoh (0)