O‘zbekistonda Lenovo A606 — Xitoy kompaniyasining 4G texnologiyasiga ega eng arzon smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Qurilma 5 dyuymli va 854×480 pikselli IPS-displey, to‘rt yadroli MT6582M protsessori, 8 megapikselli asosiy kamera, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+microSD), 2000 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega .
Smartfon Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida Lenovo A606 smartfonini 547 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Unga firma g‘ilofi qo‘shib beriladi.
Izoh (0)